» » Shavkat Mirziyoyev: Tomorqalardan foydalanib, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev: Tomorqalardan foydalanib, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida mehmon bo‘ldi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, xonadon egasi bilan muloqot davomida Davlat rahbari tomorqalar tayyor ishchi joy ekanini ta’kidlagan.

Bir gapni har doim aytaman: hech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo‘lgan davlat ham, xonadon ham yo‘q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o‘z mehnatimiz, o‘z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin.

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi. Biz odamlarni ish bilan ta’minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o‘ylayapmiz. Tomorqa — tayyor ishchi joy, tayyor daromad.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon uyida mehmon bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют