» » Qirg‘izistonning Botken viloyati delegatsiyasi Farg‘onaga tashrif buyurdi

Qirg‘izistonning Botken viloyati delegatsiyasi Farg‘onaga tashrif buyurdi


Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori Abish Xolmurzayev rahbarligidagi mehmonlar Farg‘ona tumanidagi “Vodil” nazorat-o‘tkazish maskanida Farg‘ona viloyati rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida karnay-surnay sadolari bilan kutib olindi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Farg‘ona viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganligi alohida ta’kidlandi.

Mana bunday qizg‘in va samimiy muloqotlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Navro‘z bayrami arafasidagi tashrifimiz esa barchamizni juda mamnun etmoqda. Biz, yon qo‘shni bo‘lgan Farg‘ona tumani bilan yaxshi qo‘shnilikni yo‘lga qo‘yganmiz. Farg‘onadagi o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari, tadbirkorlarning mahsulotlari bizda katta qiziqish uyg‘otdi.

Jonibek Isoqov, Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani hokimi

Delegatsiya a’zolari Farg‘ona viloyatining iqtisodiy salohiyati hamda diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

O‘zAning yozishicha, viloyat markazidagi Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyi, yopiq suzish havzasi, “Istiqlol” markaziy o‘yingohi, hayvonot bog‘i va boshqa joylarga sayohat mehmonlarda katta taassurot qoldirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют