WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Farg‘onada ro‘y bergan YTHda 37 yashar ayol va uning 17 yoshli o‘g‘li halok bo‘ldi
Farg‘onada ro‘y bergan YTHda 37 yashar ayol va uning 17 yoshli o‘g‘li halok bo‘ldi
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi ikki kishining o‘limi bilan tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
15-mart kuni soat 20:00 atrofida Q.Sulaymonov o‘zining Nexia rusumli mashinasini “Qoraqushchi” mahallasi hududida haydab ketayotib, 1981-yilda tug‘ilgan M.O‘rmonova va uning 2001-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini urib yubordi.
M.O‘rmonova va uning o‘g‘li kasalxonaga yotqizildi. Biroq, tibbiy muolaja ko‘rsatilganiga qaramay, ona-bola hayotdan ko‘z yumdi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?