» » Toshkentda sud UMS’ning Beeline’ga nisbatan da’vosini qisman qondirdi

Toshkentda sud UMS’ning Beeline’ga nisbatan da’vosini qisman qondirdi


Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi UMS kompaniyasi da’vosini qisman qondirib, interkonnekt stavkasini joriy 42 so‘mdan 5 tiyingacha pasaytirish haqida qaror chiqardi, deb yozadi “Podrobno”.

Qonunchilikka muvofiq, yangi stavka sud qarori amal qilishni boshlagan vaqtdan bir oy o‘tib joriy etiladi.

Beeline kompaniyasi ushbu qaror ustidan yuqori instansiya sudiga shikoyat arizasi berilishini ma’lum qildi.

Interkonnekt — ikkita operator tarmoqlari o‘rtasidagi aloqa. Agar u bo‘lmasa, bir uyali aloqa operatori foydalanuvchisi boshqa operator raqamiga qo‘ng‘iroq qila olmaydi.

O‘zbekistondagi uyali aloqa kompaniyalari taxminan sakkiz yil avval mutlaqo bepul kiruvchi qo‘ng‘iroqlar haqida e’lon qilgan edi. Interkonnekt bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob uchun ular abonentning bitta qo‘ng‘irog‘i narxini 1 sent (42 so‘m) qiymatida belgiladi.

Ammo 2017-yilda interkonnekt stavkasini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan o‘ziga xos urush boshlandi. UMS kompaniyasi qolgan ikkita yirik operator — Beeline va Ucell o‘zi va boshqa ikki mayda operator — UzMobile va Perfectum uchun 5 tiyinlik stavka belgilashini talab qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют