» » “Aviasozlar” bozoridagi janjal o‘lim bilan yakunlandi

“Aviasozlar” bozoridagi janjal o‘lim bilan yakunlandi


Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joriy yil 12 mart kuni soat 18:30 atrofida 1976- yilda tug‘ilgan N.Boborahimov uyida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilib, N.Boborahimov bosh miya yopiq jarohati va qon quyilishi oqibatida o‘lganligi aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 11-mart soat 16:00 larda xususiy tadbirkor, 1994-yilda tug‘ilgan X.Yoqubov “Aviasozlar” bozori oldida o‘zaro janjal asnosida N.Boborahimovning yuziga qo‘llari bilan urgani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat oladi va uyiga ketadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida X.Yoqubov qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют