» » Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi


Samarqand viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbariga tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar haqida axborot berildi. Qo‘shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari ta’minlanishi, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga e’tibor qaratildi.

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni vaziyatni doimiy tahlil qilish, xatarlarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalarimiz harbiy mahoratini o‘rganish, o‘quv-taktik metodikani rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Xalqimiz tinchlik-osoyishtaligi uchun har kuni o‘z ustingizda ishlashingiz, professional tayyorgarlik darajangizni muntazam oshirib borishingiz kerak. Yosh avlodga namuna, xalqimizga g‘urur-iftixor bo‘lishlaringiz zarur, dedi Prezident askar va ofitserlar bilan muloqotda.

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘larni ko‘zdan kechirdi. Taklif etilayotgan harbiy kiyimlar bilan tanishdi.

Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan, tarixda qoladigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu masalani har tomonlama o‘ylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qo‘yish zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют