» » O‘zbekistonda amnistiya qo‘llashga rozilik arizalari olinib, qidiruvlar bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda amnistiya qo‘llashga rozilik arizalari olinib, qidiruvlar bekor qilinmoqda


O‘zbekiston hududidan chiqib ketib, qidiruvda bo‘lgan shaxslarning amnistiya qo‘llashga rozilik arizalari olinib, ularga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilinmoqda. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Surayyo Tuliboyevaga nisbatan 2012-yil 15-noyabr kuni qidiruv e’lon qilingan. Hozirgi vaqtda Tojikistonning Konibodom shahrida yashayotganligi aniqlanib, undan O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan 2012-yil 5 dekabr kuni chiqarilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan rozilik arizasi olingan.

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi tomonidan jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 2013- yil 10-avgust kunida qidiruv e’lon qilinib, Bekobod shahar IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan Vitaliy Sorokin ham xozirda Tojikistonning Dushanbe shahrida yashayotganligi aniqlandi.

Undan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2013-yil 12-dekabr kuni chiqarilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan rozilik arizasi olingan.

Har ikki ayblanuvchiga nisbatan amnistiya qarori tatbiq etilib, ularga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют