» » Bog‘chalar videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanadi

Bog‘chalar videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanadi


Maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me’yorlari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Me’yorlarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning jismonan sog‘lom, aqliy va intellektual rivojlanishlari uchun lozim bo‘lgan jihozlar, o‘yinlar va o‘yinchoqlar va h.k. kiritilgan.

Xususan, endilikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni jismonan sog‘lom rivojlanishi uchun chiniqtirish va yassi oyoqlikni oldini olish uchun yo‘lakchalar, relaksatsion kreslolar, havo tozalagichlar (retsirkulyator), sterilizatorlar, aqliy rivojlanishi uchun “Bank”, “Pochta”, “Ferma”, “Avtomobil turargohi” va boshqa o‘yin markazlari, intellektual rivojlanish uchun ko‘p funksiyali sahnalar, “Tasviriy faoliyat” burchaklari bo‘lishi lozim.

Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim muassasasi hududi, o‘yin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan video kuzatuv texnikasi bilan jihozlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют