» » Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni korsatishda taqdim etilishi kerak bolgan hujjatlar bekor qilinadi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni korsatishda taqdim etilishi kerak bolgan hujjatlar bekor qilinadi


Keksalar, nogironligi bolgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari togrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi Huquqiy axborot kanali orqali malum qilindi.

Qarorga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinadi.

Xususan, shu maqsadda Axborot texnologiyalari vazirligi va Sogliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini hisobga olishning idoralararo axborot tizimi yaratiladi.

Mazkur tizimning maqsadi:

- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatuvchi organlar va tashkilotlar faoliyatini samarali nazorat qilish orqali korsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirish;

- tibbiy-ijtimoiy xizmatlar korsatilayotgan va ijtimoiy yordam olayotgan keksalar, nogironligi bolgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini shakllantirish;

- tibbiy-ijtimoiy xizmatlar korsatish uchun ajratiladigan moliyaviy va boshqa resurslarni maqsadli taqsimlash, xarajatlarni samarali rejalashtirish;

- taqdim etilishi kerak bolgan hujjatlar va axborot sonini qisqartirish yoki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni korsatishda bunday hujjatlar va axborot taqdim etish amaliyotini toliq bekor qilish orqali optimallashtirish;

- davlat xizmatlarini olish uchun tibbiy-ijtimoiy yordam korsatuvchi organlar va tashkilotlarga elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatini taminlash hisoblanadi.

Tizim 2018-yil 1-iyunga qadar ishga tushiriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-03-2018, 21:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -