» » Superliga. “Nasaf” safarda “Qizilqum”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Superliga. “Nasaf” safarda “Qizilqum”ni mag‘lubiyatga uchratdi


Navoiyda Superliganing 3-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv “Qizilqum” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasida kechdi.

O‘yinning 13-daqiqasida burchak to‘pidan Jasur Hasanovning uzatgan pasini Bobur Abduxoliqov boshi bilan darvozaga yo‘llab, “Nasaf”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

67-daqiqada yana o‘sha Jasur Hasanovning jarimadan uzatgan to‘pini Slavko Lukich boshi bilan darvozaga joyladi.

O‘yinning 70-daqiqasida Samandar Shodmonovning uzatmasidan keyin Andrey Sidorov birga bir vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi.

O‘yin shu tariqa “Nasaf”ning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Shu bilan Superliganing 3-tur bahslari yakunlandi.

O‘zbekiston Superligasi

3-tur bellashuvi

18-mart, yakshanba

Gollar: 0:1 — 13 Bobur Abduxoliqov. 0:2 — 67 Slavko Lukich. 1:2 — 70 Andrey Sidorov

Uchinchi turdan keyin turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют