» » Mavrikiy prezidenti korrupsiyada ayblovlar tufayli iste’fo berdi

Mavrikiy prezidenti korrupsiyada ayblovlar tufayli iste’fo berdi


Mavrikiy prezidenti Omina Gurib-Fakim korrupsiyada ayblovlar tufayli iste’fo berdi. Uning bu haqdagi qarori 23-martdan kuchga kiradi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Sharqiy Afrikadagi orol-davlat rahbari Mavrikiyda biznes-manfaatlari bo‘lgan shaxsga qarashli Angoladagi nohukumat tashkilotidan olingan kredit kartasini shaxsiy maqsadda foydalanishdagi ayblovlar sababli shunday qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi. Mazkur shaxs Portugaliyada firibgarlikda gumon qilinib, unga nisbatan tekshiruv olib borilmoqda.

Gurib-Fakim Londondagi Yer institutidan olganini da’vo qilayotgan kartadan “e’tiborsizlik” bilan foydalanganini tan oldi. Uning aytishicha, kartadan o‘zining ayrim xarajatlari uchun foydalangan va ishlatilgan 27 ming dollarni to‘lig‘icha qaytargan.

Gurib-Fakim 2015-yilda prezident etib saylangan, bungacha Mavrikiy universitetida tabiiy fanlar fakulteti dekani bo‘lgan. U Afrika davlatlari rahbarlari orasidagi yagona ayol edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют