» » A Seriya.  “Inter”, “Roma”, “Milan”, “Napoli”dan g‘alaba, “Yuventus”da durang, Mauro Ikardida esa poker

A Seriya.  “Inter”, “Roma”, “Milan”, “Napoli”dan g‘alaba, “Yuventus”da durang, Mauro Ikardida esa poker


Italiya chempionatining 29-tur bahslariga yakun yasaldi.

Ushbu turda “Yuventus” va “Latsio”dan boshqa barcha yetakchi klublar “Inter”, “Roma”, “Milan”, “Napoli” g‘alaba qozonishga erishdi.

“Yuventus” SPAL mehmoni bo‘lib, nursiz durangga rozi bo‘lib qaytdi.

“Inter” safarda “Sampdoriya”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. “Inter” sardori Mauro Ikardi esa ushbu o‘yinda 4 ta gol urib poker qayd etdi.

“Milan” A Seriyaning ketma-ket 10 turidan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bu turda Gattuzo shogirdlari “Kyevo”ni 3:2 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.

Chempionlar ligasida “Barselona”ga raqib bo‘lgan Rimning “Roma”si esa 29-turda safarda to‘p surganiga qaramay, 0:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Skudetto uchun kurashayotgan Neapolning “Napoli” jamoasi “Jenoa” ustidan 1 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi.

Italiya A Seriyasi

29-tur bellashuvlari

17-mart, shanba

SPAL — “Yuventus” 0:0

“Udineze” — “Sassuolo” 1:2

Gollar: 0:1 — 42, avtogol Adnan, 1:1 — 44 Fofana, 1:2 — 74 Sensi.

18-mart, yakshanba

“Sampdoriya” — “Inter” 0:5

Gollar: 0:1 – 26 Ivan Perishich, 0:2 – 30, penalti Mauro Ikardi, 0:3 – 31 Mauro Ikardi, 0:4 – 44 Mauro Ikardi, 0:5 – 51 Mauro Ikardi.

“Milan” — “Kyevo” 3:2

Gollar: 1:0 – 10 Chalxano‘g‘lu, 1:1 – 33 Stempinski, 1:2 – 34 Ingleze, 2:2 – 52 Patrik Kutrone, 3:2 – 82 Andre Silva.

“Benevento” — “Kalyari” 1:2

Gollar: 1:0 – 46 Brinola, 1:1 – 90 Pavoletti, 1:2 – 90, penalti Barella.

“Krotone” — “Roma” 0:2

Gollar: 0:1 — 39 Stefan al-Shaaravi, 0:2 — 75 Raja Nainggolan.

“Torino” — “Fiorentina” 1:2

Gollar: 0:1 – 59 Veretu, 1:1 – 86 Andrea Belotti, 1:2 – 90, penalti Tereo.

“Verona” — “Atalanta” 0:5

Gollar: 0:1 – 2 Kristante, 0:2 – 45, penalti Ilichich, 0:3 – 48 Ilichich, 0:4 – 69 Ilichich, 0:5 – 71 Gomes.

“Latsio” — “Bolonya” 1:1

Gollar: 0:1 — 3 Simone Verdi, 1:1 — 16 Lukas Leyva

“Napoli”  — “Jenoa” 1:0

Gol: 1:0 — 72, Raul Albiol

29-turdan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют