» » Yaponiyaliklar 6 milliard dollarga yog‘och osmono‘par bino barpo etadi

Yaponiyaliklar 6 milliard dollarga yog‘och osmono‘par bino barpo etadi


Yaponiyalik muhandislar 2041-yilgacha Tokio markazida 70 qavatli yog‘och osmono‘par bino barpo etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Nur.kz”.

Rejaga ko‘ra binoning 90 foizi yog‘ochdan, uning karkasigina mustahkamroq materiallardan tarkib topadi. Minora balandligi 350 metrdan ortiq bo‘ladi.

Uy bog‘-balkonlarga ega bo‘lib, imoratning umumiy ko‘rinishi bog‘-shaharni eslatadigan bo‘ladi. Birinchi bosqich smetasiga 5,6 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritilgan.

Osmono‘par binoda savdo markazlari, restoranlar, ofislar va yuqori klassdagi bir nechta mehmonxonalar bo‘ladi. Loyihachilar hisob-kitobiga ko‘ra, osmono‘par bino qurilishiga 200 ming kubometrdan ortiq o‘rmon materiali ketadi.

Loyiha bosh arxitektori Rikkardo Tossani fikricha, yog‘och zilzila vaqtida tez vayron bo‘luvchi betondan farqli ravishda ko‘proq seysmik barqaror.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют