» » O‘zbekistonda “Poyedem, poyedim!” ko‘rsatuvi tasvirga olinmoqda

O‘zbekistonda “Poyedem, poyedim!” ko‘rsatuvi tasvirga olinmoqda


Rossiyaning “NTV” telekanali orqali uzatiladigan “Poyedem, poyedim!” (“Boramiz, tanovul qilamiz!”) ommabop shousining yana bir soni O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga bag‘ishlanadi, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi milliy PR-markazi.

Ko‘rsatuvni suratga olish guruhi PR-markaz taklifiga binoan 19-martdan 26-martga qadar Toshkentda va mamlakatning janubiy hududlarida bo‘ladi.

Bu safar rossiyalik jurnalistlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanali ijodiy guruhi bilan birgalikda ishlaydi. Shu yilning fevralidan boshlab Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining bosh axborot homiysiga aylangan “Dunyo bo‘ylab” telekanali mehmonlarga texnik va ijodiy ko‘mak beradi, shuningdek, safar chog‘ida mahalliy efir uchun ham o‘z ko‘rsatuvlarini tayyorlaydi.

Ko‘rsatuvning O‘zbekistonga bag‘ishlangan birinchi soni Samarqandda, keyingilari Buxoro, Toshkent va Xorazm vohalarida suratga olingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют