» » Foto: Mo‘ynoqqa bir kunlik sayohat

Foto: Mo‘ynoqqa bir kunlik sayohat


18-mart kuni Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi qoshidagi “Yosh reportyorlar klubi”ning blogerlari bilan birgalikda Mo‘ynoq tumaniga kichik media-tur tashkil etildi. Ushbu media-tur qanchaga tushganligi va safar davomida olingan taassurotlar haqida “KRuz.uz” jurnalisti Furqat Yusupov so‘zlab berdi.

Aslida avtobusda yo‘lga chiqmoqchi edik, biroq fikrimiz o‘zgarib Damas’ni tanladik. Aytgancha, Nukusdan Mo‘ynoqqacha bo‘lgan 220 kilomet masofa uchun taksilar 25 ming so‘m, avtobus esa 10 ming so‘m, Damas esa bizni borib kelishimiz uchun 31,5 ming so‘mga tushdi.

Xullas tongi 6:30 larda yo‘lga chiqdik. Mo‘ynoqqa boraman deguncha yomg‘ir tinmasdan yog‘di. Soat 10:00 larda tuman markaziga yetib borganimizda, xayriyat yomg‘ir tindi. Yomg‘ir tinmasa rejalarimiz butunlay o‘zgarib ketishi aniq edi.

Biz dastavval “Kemalar qabristoni”ga bordik. U yerda tumandagi iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ular bilan fikrlashdik. Reportyorlar esa yosh iqtidor egalaridan intervyu olib, mobil reportajlar ham tayyorlashdi.

Shundan so‘ng o‘sha yerda ozgina tanovvul qilib olib, tumanning markaziy Ajiniyaz ko‘chasi bo‘ylab sayr qildik. Negadir Toshkentga borsak, ayrim insonlar Mo‘ynoq desa o‘tov uyda yashab, milliy kiyimda yuradigan insonlarni tasavvur qilishini aytib o‘tishadi. Biroq aslida unday emas. Bugungi kunda tuman markazi zamonaviy holatga kelmoqda. Yo‘llar asfaltlangan. Yangi binolar qad rostlayapti.

Afsuski yakshanba dam olish kuni bo‘lgani uchun biz borishni rejalashtirayotgan bir nechta obyektlar yopiq ekan. Bu biz uchun tajriba bo‘ldi. Endi keyingi safar qaysidir tumanga media-tur tashkil etsak, dam olish kuni emas, ish kunini tanlaymiz.

Biz safarimiz davomida “Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” gastronomik festivali bo‘lib o‘tgan “Madeli” OFY hududidagi “Ko‘k suv” ko‘liga ham bordik. Ajoyib manzara. Bu yerda bu yil ham festival bo‘lib o‘tishi kutilyapti. Bu ko‘lning “Chorvoq”dan kam joyi yo‘q. Yaqin orada bu ko‘lda turistlar va mahalliy aholi uchun yangi dam olish maskanlari qurilishi rejalashtirilmoqda.

Xullas ertalab yo‘lga chiqqan bo‘lsak, kechqurun 21:00 larda Nukusga qaytib keldik. Yo‘lga umumiy hisobda 7 soat vaqtimiz ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют