» » LG Kompressor changyutgichlari har bir xonadon uchun

LG Kompressor changyutgichlari har bir xonadon uchun


Har qanday ayol tozalash ishlariga kuch va vaqt sarflash naqadar og‘ir ekanini tasdiqlashi mumkin. Sababi oila, do‘stlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish yoki shunchaki dam olish ko‘proq yoqimliroq. Zamonaviy texnologiyalar bu jarayonni qulay, tovushsiz va imkon qadar tezroq qilgan holda xonani tozalash uchun sarflanadigan vaqtni tejash imkonini beradi. Kompressor seriyasidagi LG changyutgichlari tozalash ishlarini tez va muammolarsiz amalga oshirish imkonini beradi. O‘zbekiston bozorida ular anchadan beri taqdim etilgan va ko‘plab iste’molchilarga yoqib qoldi.

Ekologik jihatdan toza va qulay

Kompressor tizimidagi changyutgichlar – konteynerga tushuvchi changni ixcham briketlarga siqib beradigan noyob kompression kurak. Siz bir vaqtning o‘zida bir nechta muammolarni hal qilasiz: konteynerni tozalashda havoga chang tushmaydi, changyutgich esa tortib olish kuchini yo‘qotmaydi. Bunday siqish tizimi chang yig‘ish joyi hajmini 4 baravar oshiradi! Texnologiyaning ishonchliligi shu darajada samaraliki, bunda LG kompaniyasi barcha avtomatik changni siqish tizimlariga 10 yil kafolat beradi.

Tozalik quyuni

Turbo Cyclone tizimi kir va toza havoni ajratadi, bu doimiy kuchli tortib olish quvvatini kafolatlaydi. Yirik chang zarralari konteynerga yuboriladi, u yerda parrak bilan briketlarga siqiladi, kichik chang esa HEPA kuchli to‘rt qatlamli filtrlash tizimiga tushadi, bunda chang va bakteriyalar changyutgich ichida ushlab turiladi. Bundan tashqari, bundan texnologiya uydagi yoqimsiz hidlarni yo‘qotish imkonini beradi, bu ayniqsa siz bilan hayvonlar yashasa qo‘l keladi, bakteriyalarga qarshi filtr esa sizniturgi allergenlardan saqlaydi. Kompressortizimiga ega LG changyutgichlari Britaniya allergologlar jamg‘armasining sifat bo‘yicha yuqori bahosini olgan, shuningdek, Rossiya Bolalar allergologlari va immunologlari assotsiatsiyasi tomonidan sinovdan o‘tkazildi hamda yuqori baho berildi.

Sukunat va shinamlik

LG Kompressor changyutgichlari – bu ovoz va vibratsiyani ikki barobar kamaytiruvchi mexanizmga mo‘ljallangan innovatsion tizimning samarali ishlashi natijasida shovqin darajasi past bo‘lgan texnika.

Changyutgichni boshqaruv paneli teleskopik alyumin dastakda joylashgan bo‘lib, maxsus sensor tugmalar foydalanishda bir qancha qulayliklarni yaratadi. Keng ko‘lamdagi turli nasadkalar har qanday hududni – qalin tukli gilamlar, xona burchaklari, yumshoq jihozlar yoki uy shiftlarini tozalashda qo‘l keladi. Yuqori so‘rib olish kuchi esa soch tolalari va uy hayvonlari junlarini oson tozalashda yordam beradi.

LG Electronics kompaniyasi doimo o‘z xaridorlari hayotini osonlashtirishga harakat qiladi, shuning uchun bahorgi bayramlar kunlari maishiy texnika xaridi uchun aksiya o‘tkazilmoqda: LG texnikasini sotib olib, sotuvchidan aksiya qatnashchisi kartochkasini oling hamda yoqimli sovg‘alarni qabul qiling. Aksiya davomida sochiqlar, idish-tovoq, sertifikatlar egasiga aylanishingiz, shuningdek, sotib olingan maishiy texnikani premial modelga almashtirish imkonini qo‘lga kiritishingiz mumkin. Aksiya shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot saytida.

LG Electronics kompaniyasi texnikasiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha LG Mijozlarni servisi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin: 0-800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq bepul. Bu muhim! Raqam to‘liq terilishi kerak.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют