» » Samarqandlik firibgar tadbirkorga oynalar uchun to‘lov evaziga suvenir dollarlar tutqazdi

Samarqandlik firibgar tadbirkorga oynalar uchun to‘lov evaziga suvenir dollarlar tutqazdi


2018-yil 16-fevral kuni “Glass ekspo” MChJ rahbari X. Po‘latov Sirdaryo viloyati, Guliston shahar IIBga firibgarlikka duch kelgani yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Shikoyatchiga ko‘ra, 1-fevral kuni o‘zini “Bekzod” deb tanishtirgan noma’lum shaxs uning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, Guliston shahrida Akfa romlarini yasash bilan shug‘ullanishini aytib, umumiy qiymati 36300000 so‘mlik oynalarni sotib olishga kelishadi.

Oynalarni Sirdaryo tumani hududida qabul qilib olib, oq polietilen paketga skotch bilan o‘ralgan, suvenir bo‘lgan 7750 dollarni garov sifatida beradi. Oynalarni Guliston shahrida joylashgan “Lord savdo invest” xususiy korxonasi rahbari X. Ahmedovga sotib yuborib, voqea joyidan yashirinadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Navoiy mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan A. Safarov sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют