» » AKT vaziri Silverleafe Capital Parthers kompaniyasi prezidenti Den Petterson boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

AKT vaziri Silverleafe Capital Parthers kompaniyasi prezidenti Den Petterson boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev 20-mart kuni Silverleafe Capital Partgers (AQSh) kompaniyasi prezidenti Den Petterson boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi “Infocom.uz”.

Muzokaralarning asosiy mavzusi blokcheyn texnologiyalarni rivojlantirish masalasi bo‘ldi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasidagi yangi va istiqbolli soha bo‘lgan mazkur texnologiyalarni rivojlantirishning so‘nggi tendensiyalari to‘g‘risida fikr almashdilar.

Ta’kidlash joizki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu texnologiyani faol rivojlantirib keladi. 2018-yilning 1-iyunidan boshlab Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsion markazi huzurida Taqsimlangan reyestr (blokcheyn) texnologiyalari bo‘yicha vakolatli markaz ishga tushadi. Markaz “blokcheyn” imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoitlarni yuzaga keltiradi, ushbu texnologiyani o‘zlashtirishda kadrlar salohiyatini oshirish va mahalliy ishlab chiquvchilarni qo‘llab-quvvatlashni tashkil etadi.

Shuningdek, mehmonlar Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangidan tashkil etilgan Innovatsiya Markazi faoliyati bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют