» » Pavel Durov Telegram’ni bloklash borasidagi tahdidlar samarasiz ekanligini ma’lum qildi

Pavel Durov Telegram’ni bloklash borasidagi tahdidlar samarasiz ekanligini ma’lum qildi


Telegram messenjeri asoschisi va rahbari Pavel Durov kompaniya nazorati ostidagi messenjerni bloklash borasidagi tahdidlarga taslim bo‘lmasligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

“Telegram foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari taqdim etilmasa uni bloklash bilan qilinayotgan tahdidlar hech qanday samara bermaydi. Telegram shaxsiy hayot dahlsizligi va erkinligiga putur yetkazmaydi”, — deb yozadi Durov o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

20-mart, seshanba kuni Rossiya Oliy sudi Telegram Messenger’ning Federal xavfsizlik xizmati tomonidan messenjer foydalanuvchilarining yozishmalariga oid shifr kalitlarini talab qilganligi borasidagi da’vosini rad etdi.

Shundan so‘ng “Roskomnadzor” Telegram 15 sutka ichida kalitlarni topshirishi lozimligini ma’lum qildi, aloqa vaziri Nikolay Nikiforov esa kompaniya sud qarorini bajarishga va Rossiya qonunlariga bo‘ysunishga majbur ekanligini ta’kidladi.

FXX o‘tgan yilning iyulida Telegram’dan foydalanuvchilar yozishmalari haqida ma’lumotlarni talab qilgandi. Biroq kompaniya ushbu ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan. Durovning aytishicha, FXXning talabi rossiyaliklarning konstitutsion huquqini poymol qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют