» » Fotoreportaj: Buxoroda suratga olinayotgan Scorpion filmi

Fotoreportaj: Buxoroda suratga olinayotgan Scorpion filmi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan imzolangan qo‘shma qaror asosida Scorpion trilleri suratga olinayotgani haqida avval xabar qilingandi. UZ24 filmni suratga olish jarayonlari aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.

Filmda “Osiyo” serialidagi Demir roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim suratga tushadi.

Film bosh qahramonlaridan biri (aka roli)ni Farhod Mahmudov ijro etadi. Ikkinchi bosh qahramon (uka roli) ijrochisi hozircha sir tutilmoqda.

Shuningdek, filmda Karim Mirhodiyev, Ra’no Shodiyeva ham suratga tushmoqda.

Scorpion filmining suratga olish ishlari ayni kunlarda Buxoro viloyatida davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют