» » Federika Mogerini: O‘zbekiston muhim islohotlarni amalga oshirmoqda 

Federika Mogerini: O‘zbekiston muhim islohotlarni amalga oshirmoqda 


Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini Strasburgda bo‘lib o‘tgan Yevroparlament yalpi majlisida tuzilma va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikka doir nutq so‘zladi. Mazkur nutq Yevropa Ittifoqining rasmiy saytida e’lon qilindi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Unda, jumladan, Yevroittifoq va Markaziy Osiyo hech qachon bu darajada yaqin bo‘lmagani, Ipak yo‘li shunchaki tarixni eslash emas, balki eng muhim infratuzilma loyihasi ekanligi, Markaziy Osiyo ilgaridagiga nisbatan ko‘proq darajada Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi chorrahaga aylanayotgani ta’kidlangan.

“Afg‘oniston yoki Yaqin Sharqdagi voqealar biz uchun qanday muhim bo‘lsa, Markaziy Osiyodagi sheriklarimiz uchun ham shu qadar muhim. Ko‘rinib turibdiki, ularning xavfsizligi — bizning xavfsizligimizdir”, — dedi Mogerini.

“Biz dunyo o‘zgarayotganidek ushbu mintaqa ham o‘zgarayotganini aniq ko‘rayapmiz. Markaziy Osiyo Sharq uchun ham, G‘arb uchun ham yanada mustaqil va kuchli sherikka aylanib bormoqda”, — dedi u.

U Yevropa kompaniyalari nafaqat mintaqa, balki Yevropa Ittifoqiga ham foyda keltirish maqsadida Markaziy Osiyoga investitsiya kiritishga intilayotganini aytib o‘tdi.

“Biznes muhitni yaxshilash manfaatini biz ham bo‘lishamiz. Biz sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi avlod kelishuvlari ustida ish olib borayapmiz. Bunday hamkorlikka oid kelishuvni Qozog‘iston bilan imzoladik? Qirg‘iziston bilan muzokaralar olib borayapmiz, tez orada O‘zbekiston bilan shunday muzokaralarni boshlaymiz”, — dedi diplomat.

Federika Mogerini mintaqada nafaqat iqtisodiy, balki inson huquqlari bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Mustaqil OAV, fuqarolik jamiyati, institutlar uchun ochiq maydoni bilan Markaziy Osiyo yanada ishonchli, mamlakatlari esa inqirozli vaziyatlarga nisbatan yanada qayishqoq, iqtisodiyotlari yanada mustahkam va jozibali bo‘ladi. Bu yo‘lda O‘zbekiston va Qirg‘iziston muhim islohotlarni amalga oshiryapti. Biz ularga bu yo‘lda hamkor bo‘lishni istaymiz. O‘tgan yil dekabr oyida ushbu mintaqaga qilgan safarim chog‘ida aynan shu masalalarni muhokama qilgandik. Mintaqadagi boshqa mamlakatlar ham bu borada O‘zbekiston va Qirg‘izistondan o‘rnak olishini xohlaymiz”, — dedi u.

Mogerini Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka to‘xtalar ekan, bu borada Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasiga bag‘ishlab Toshkentda xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusini yuqori baholadi.

“Bu o‘zimizning xavfsizligimiz uchun muhim va men shaxsan o‘sha yerda afg‘on hukumati, Markaziy Osiyodagi hamkorlar hamda xalqaro ishtirokchilar bilan birga qatnashaman. Xalqaro hamkorlik chegaralardagi radikallashuv yoki chet ellik terrorchilar bilan bog‘liq hodisa tahdidlariga qarshi jiddiy kurashishning yagona yo‘lidir”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 26—27-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada BMT, Yevroittifoq va 10 dan ortiq mamlakatning yuqori lavozimdagi davlat mulozimlari qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют