» » Namanganda “Sumalak sayli” yakuniga yetdi. 5 tonnalik sumalak 15 ming idishda mehmon va mezbonlarga tarqatildi (foto)

Namanganda “Sumalak sayli” yakuniga yetdi. 5 tonnalik sumalak 15 ming idishda mehmon va mezbonlarga tarqatildi (foto)


Namangan shahrida Navro‘z sayli 5 tonnalik sumalakni tarqatish bilan boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Sumalakning uchdan bir qismi viloyatdagi mehribonlik, saxovat uylari, shifoxonalar va kam ta’minlangan oilalarga yetkazildi. Shuningdek, saylga kelgan namanganliklar, viloyat mehmonlari ham bahor taomidan bahramand bo‘ldi. Ularga 15 mingdan ortiq bir martalik idishlarda sumalak tarqatildi.

Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i har qachongidan ko‘p ziyoratchi bilan to‘ldi. Qozon atrofidagi muhit dunyoning eng katta turizm tadbirlarini ham ortda qoldirdi. Yaponlar, turklar, koreyslar, nemislar, ruslar va boshqa millat vakillari bayram shukuhini namanganliklar bilan birga baham ko‘rdi.

Ayrim xorij OAVlarida “Namanganda ‘megasumalak’ uchun aholidan o‘lpon yig‘ildi” qabilida xabarlar berildi. Qayd etish joizki, tadbir tashkiliy qo‘mitasi “bu ehson sumalagi, biz ham qo‘shilaylik, un yoki yog‘ olib beraylik” degan takliflarni rad etdi va “hammasi yetarli, bunga hech qanday ehtiyoj yo‘q” deya javob berdi.

Ma’lumot uchun, tayyorgarlik jarayonida 1,1 tonna bug‘doy tozalandi va yuvildi, 2,5 tonna un elakdan o‘tkazildi. Bu jarayonda 300 nafardan ziyod xotin-qiz ishtirok etdi.

Yuvilgan bug‘doy maxsus tayyorlangan va umumiy yuzasi 112 kvadrat metrdan ko‘proq bo‘lgan 50 xontaxtaga undirgani qo‘yildi. Sumalak pishirishga jalb etilgan 25 nafar ayolning tun-u kun navbatchiligi tashkil qilindi. Maysani parvarishlash jarayonida otinoyilar tomonidan xatmi Qur’on o‘qildi, yurtga tinchlik-osoyishtalik, dehqonchilikka baraka, ezgu ishlarga rivoj tilandi.

Qiymalagichdan chiqarilgan 5,2 ming litr bug‘doy shirasi katta qozon atrofiga joylashtirilgan 27 doshqozonga jo bo‘ldi. 250 litr o‘simlik moyi va 2,4 ming litr suv ishlatilgan, daryodan maxsus terib kelib, yuvib-qaynatib tozalangan tosh solingan sumalak 24 soat qaynadi.

21-mart – Navro‘z tongida qozon o‘ramasi ochildi va barcha kutgan sumalak mehmon va mezbonlarga tortiq qilindi.

Shuningdek, sayl davomida bo‘lib o‘tgan “Do‘ppiday osh” ko‘rik-tanlovida mohir pazandalar eng kam miqdor — 250 gramm guruch damlash bo‘yicha bahsga kirishdi. “Tandir shou” bellashuvida tandirda pishiriladigan taomlar tayyorlash mahorati sinovdan o‘tkazildi.

San’atkorlar, sirk jamoalari, yozuvchi va shoirlarning chiqishlari bayram kayfiyati ko‘tarinki bo‘lishini ta’minladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют