» » Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabriklash uchun Samarqandga keldi

Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabriklash uchun Samarqandga keldi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabriklash maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatlar vazirlik va idoralar, hududlar o‘rtasidagi aloqalar faollashdi. Transport yo‘laklari ochilib, temir yo‘l va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik kengaydi. San’at va madaniyat namoyandalari, shoir va yozuvchilar ikki mamlakatdagi ko‘rgazma va festivallar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. 2018-yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili o‘tkazilayotgani xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Prezidentlar mintaqa davlatlari, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi samimiy munosabatlar har qachongidan ham mustahkamlanib borayotganini qayd etib, chegaralardagi yengilliklar ikki mamlakat xalqlarining o‘zaro bordi-keldisi uchun keng yo‘l va imkoniyatlar ochgani, bunda eng katta maqsad bo‘lgan xalqlar roziligiga erishilganini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati yuqori baholandi, uni yanada rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Birinchi Prezident qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Qur’on tilovat qilindi.

Qozog‘iston prezidenti davlat rahbari hamrohligida Samarqandning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют