» » Sukerberg foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlarining chiqib ketishida Facebook’ning aybini tan oldi

Sukerberg foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlarining chiqib ketishida Facebook’ning aybini tan oldi


Eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook asoschisi Mark Sukerberg AQSh prezidenti Donald Tramp kampaniyasi yuzasidan ish olib borgan Cambridge Analytica kompaniyasi ijtimoiy tarmoqning zaif jihatini aniqlagani va foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlaridan noto‘g‘ri foydalanganligini tan oldi. Bu haqda u CNN’ga intervyusida so‘zlab berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Sukerberg shaxsiy ma’lumotlar dastlab nomi oshkor etilmagan tadqiqotchi tomonidan o‘quv maqsadlarida qo‘llanilganligi va bunda belgilangan maxfiylik qoidalarining barchasiga rioya etilganligini ma’lum qildi. Keyinchalik ma’lumotlar yot kompaniyalar, jumladan Cambridge Analytica’ga taqdim etilgan.

Ijtimoiy tarmoq asoschisi uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilari bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga barcha tashqi dasturlarni yo‘q qilishni taklif qilishini ta’kidladi.

Avvalroq Trampga ishlagan kompaniya Facebook’ning 50 milliondan ortiq foydalanuvchilari ma’lumotlarini o‘g‘irlaganligi xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют