» » Ertaga O‘zbekiston — Keniya o‘yini. Keniyaliklar murabbiyi esa “andijoncha” mehmondo‘stlikdan hayratda

Ertaga O‘zbekiston — Keniya o‘yini. Keniyaliklar murabbiyi esa “andijoncha” mehmondo‘stlikdan hayratda


Ertaga, 23-mart juma kuni Andijonda O‘zbekiston hamda Keniya olimpiya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Keniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Frensis Kimanzi O‘zbekistonga tashrif buyurganidan keyin ilk taassurotlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi O‘FA.

O‘zbekistonga birinchi marta kelishimiz. Bu yerdagi odamlar mehribon va mehmondo‘st ekan. Bizni bu qadar katta tantanalar bilan kutib olishlarini hatto tasavvur ham qilmagandik. Albatta, mahalliy ishqibozlarning jamoamizga bo‘lgan iliq munosabatidan juda xursandmiz.

Barcha insonlarning yuzida tabassum. Hammada xursandchilik, kayfiyat yuqori darajada. Tabiiyki, bizda ham kayfiyat juda yaxshi. Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘ynash biz uchun sharaf.

O‘zbekiston hamda Keniya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin avvalo xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning o‘rnatilishiga muhim turtki bo‘ladi. Bizning raqibimiz juda kuchli. O‘zbekiston bejizga Osiyo chempioni bo‘lgani yo‘q. Lekin mana shunday tarix yaratgan jamoaga qarshi to‘p surish biz uchun juda qiziqarli va foydali bo‘lishiga shubha qilmayman.

Frensis Kimanzi, Keniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi

Mavzuga doir: Andijonga “Navro‘z” bayramida yetib kelgan keniyalik futbolchilar qanday kutib olindi? (foto va video)

Shuningdek, Keniya olimpiya terma jamoasi sardori Ojvang Timoti Odxiambo ham O‘zbekiston OTJga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘zbekistonga, jumladan, Andijonga birinchi marta tashrif buyurdik. Bizni shu darajada shodiyona bilan kutib olishganidan juda xursandmiz. Agar muxlislarning ko‘pligini ko‘rib hayratlandim, desam aldamagan bo‘laman. Ayni paytda qanday hissiyotlarga berilganimni oddiy so‘z bilan ta’riflash qiyin. Hammasiga qoyil, barchaga rahmat. Sizlarga omad tilayman.

To‘g‘risi, bungacha O‘zbekiston futboli haqida yetarli ma’lumotlarga ega emasdik. Ammo O‘zbekiston OTJ Osiyo chempioni bo‘lganidan keyin jamoangiz haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarni bilib oldik. Bundan keyin ham O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilayman.

Biz bu yerga shunchaki kelganimiz yo‘q. Nayrobiga g‘alaba bilan qaytmoqchimiz. Maqsadimiz O‘zbekiston bilan o‘yinlarda muvaffaqiyat qozonishdir. Andijon shahri haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, juda go‘zal, juda chiroyli shahar ekan. Andijon menga yoqib qoldi. Afrikadan Andijonga alanganli salom.

Ojvang Timoti Odxiambo, Keniya olimpiya terma jamoasi sardori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют