» » Kaddafiyning o‘g‘li: Sarkoziga qarshi dalillarim bor

Kaddafiyning o‘g‘li: Sarkoziga qarshi dalillarim bor


Liviya yetakchisi Muammar Kaddafiyning katta o‘g‘li Saif al-Islom Kaddafiy Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga qarshi ishonchli dalillari mavjudligi va ko‘rsatma berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Africa News xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Sarkoziga qarshi muhim dalillarim borligini ma’lum qilaman, biroq mazkur ish bo‘yicha hamon guvoh sifatida chiqish qilganim yo‘q. Sarkozi va Kaddafiyning Tripolidagi birinchi uchrashuvi yozuviga ega bo‘lgan Liviya razvedkasining yetakchisi Abdulla Senussiy ham guvoh sifatida ko‘rsatma bergani yo‘q. Shuningdek, o‘lim bilan tahdid qilishayotganligiga qaramasdan, Libya Investment sobiq direktori Bashir Salah ham ko‘rsatma berishga tayyor”, – dedi u.

Kaddafiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni undan oldingi prezident qilgan ishlarni tuzatish uchun Liviyadagi saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Kaddafiyning o‘g‘li Sarkozini Liviyada terrorizm va noqonuniy immigratsiyani yoyishda aybladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют