» » Zaporojyedagi tashlandiq ombordan odamlarning bir necha tonna qoldiqlari topildi

Zaporojyedagi tashlandiq ombordan odamlarning bir necha tonna qoldiqlari topildi


Rossiyaning Zaporojye shahridagi sanoat zonasida dori-darmon chiqindilari topildi. Bintlar, ampula va tahlil namunalaridan iborat biomateriallar bir necha oy tashlandiq omborlarda saqlangan, deb xabar berdi “TSN ua”.

Qo‘lansa hid hatto sovuq haroratda ham atrofga tarqalib, yaqin o‘rtada ishlaydigan odamlarni bu yerga kelishga va omborni ochishga majbur qilgan. Ular qo‘riqlanmaydigan ushbu binoda tibbiyot anjomlari va odamlarning qoldiqlariga duch kelgan. “Qo‘llarni, oyoqlarni ko‘rdik — bu hali paketlardan tushib qolgani. Atrofda itlar, mushuklar yugurib yuribdi, ko‘rinishidan ular maydalab tashlangan”, — deydi guvohlardan biri.

Voqea joyiga tezkor qidiruv guruhi chaqirilgan. Huquq-tartibot xodimlarining aniqlashicha, mazkur hudud Dnepr va Zaporojyedagi tibbiy muassasalaridan chiqindilarni olib chiqib ketish bilan shug‘ullanuvchi firmaga tegishli bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, omborda 4 tonnaga yaqin chiqindi saqlangan. “Topilmalar”ning 1,5 tonnasi biologik chiqindi bo‘lib, ular o‘pka silini davolashga ixtisoslashgan muassasalardan olib kelingan. Qolgan 2,5 tonnasi esa tibbiyot asbob-uskunalari bo‘lib, ular orasida simob va og‘ir metallar mavjud.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, sud Yangi yil arafasida mazkur mulkka xatlov chiqargan. Buning natijasida chiqindilar 2,5 oy omborda yotgan.

Hozirda sud o‘z qarorini bekor qilgan va chiqindilar yo‘q qilina boshlandi. Mart oyining oxiriga qadar ombor to‘liq tozalanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют