» » MH17 halokati: Niderlandiya sud qayerda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi

MH17 halokati: Niderlandiya sud qayerda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi


2014-yilda Donbassga qulab tushgan Malayziyaning MH17 reysli Boeing samolyoti halokatida gumonlanuvchilar ustidan sud jarayoni Gaaga okrug sudida bo‘lib o‘tadi. Bunday qaror Niderlandiya adliya vazirligi va tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Jarayonda ushbu aviahalokat qurbonlarining qarindoshlari millatidan qat’i nazar ishtirok etishi mumkin. Shu tariqa, jabrlanganlarning barchasi teng huquqlar bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, sud chog‘ida barcha gumonlanuvchilarning halokatga aloqadorligi ko‘rib chiqiladi.

MH17 halokatini tekshirish hamon davom etmoqda va uzoq vaqt davomida olib boriladi. Tergovchilar, shuningdek, ba’zi shaxslarning halokatga aloqadorligini aniqlashtirmoqda, ularning ism-shariflari va lavozimlari oshkor etilmayapti.

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan Boeing 777 Malaysia Airlines yo‘lovchi samolyoti 2014-yilning 17-iyulida Donetsk viloyatining sharqida halokatga uchragan edi. Samolyotning 283 nafar yo‘lovchisi va 15 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют