» » Toshkentda liftda qolib ketgan to‘rt nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olindi

Toshkentda liftda qolib ketgan to‘rt nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olindi


Toshkentning Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy liftida qolib ketgan voyaga yetmagan bolalar qutqarib olindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

“15-mart kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumanida yashovchi A. Berdimuratova telefon orqali murojaat qildi”, — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, tumanning Olmazor-16 mavzesidagi ko‘p qavatli uyda texnik nosozlik sababli lift ishdan chiqqan, kabinada esa to‘rt nafar voyaga yetmagan bolalar qo‘rqish holatida yordam so‘rayotgan ekan.

Boshqarma qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi, maxsus qutqaruv asboblari yordamida lift eshigi ochilib bolalar chiqarib olindi. Bolalar sog‘-salomat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют