» » Yaponiyada 72 ayol ishtirokida noodatiy reklama suratga olindi (video)

Yaponiyada 72 ayol ishtirokida noodatiy reklama suratga olindi (video)


Yaponiyada 72 nafar ayol ishtirokidagi noodatiy reklama namoyish etildi, deb yozadi Travel Ask.

Barcha aktrisalarning yoshi bir-birinikidan bir yilga farq qiladi. Ayollarning har biri o‘z yoshini bir soniyagina ijro etib berdi va ajoyib rolik hosil bo‘ldi. Videoda har qanday ayolning hayoti tug‘ilish, turmushga chiqish, farzandli bo‘lish, nevara ko‘rish kabi quvonchlari bilan birga aks ettirilgan.

Reklama Yaponiyaning taniqli oziq-ovqat brendi — Glico buyurtmasiga ko‘ra suratga olindi. 72 raqamining tanlanishi bejizga emas — ayollarning o‘rtacha umr davomiyligi aynan shuncha yil. Shu tariqa reklama beruvchi dunyoda o‘rtacha umr davomiyligi qanchalik oshganligini eslatdi: o‘tgan asr boshida u 31 yoshga teng bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 71,8 yoshdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют