» » Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi tuzildi

Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi tuzildi


Aviatashuvlar sohasidagi an’anaviy mukofot — Skytrax World Airline Awards g‘oliblari ma’lum bo‘ldi, deb yozadi National Geographic. Unda ketma-ket oltinchi yil Singapurning Changi aeroporti birinchi o‘rinni egalladi.

Mukofot har yili Britaniyaning Skytrax tadqiqot kompaniyasi tomonidan topshiriladi. Reyting so‘rovlar natijalariga ko‘ra tuziladi, bu esa xizmatlar sifatini xolisona baholash imkonini beradi.

Sayohatchilar xizmat ko‘rsatishning yukni tekshirishga ketadigan vaqt yoki pasport nazoratidagi navbatlardan tortib, shoping imkoniyatlari va reysni kutish vaqtidagi boshqa mashg‘ulotlargacha bo‘lgan barcha jihatlari borasida fikr bildiradi.

2018-yilgi reyting 550 aeroportga tashrif buyurgan yuzdan ortiq mamlakat fuqarolarining qariyb 14 millionta anketalari asosida tuzildi.

Dunyoning eng yaxshi aeroportlari o‘ntaligi quyidagicha:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют