» » Toshkentda LG Q8 smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda LG Q8 smartfoni sotuvga chiqdi


LG Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda LG Q8 smartfonini sota boshladi. LG Q8 o‘tgan yilning may oyida sotuvga chiqqan LG V20 modeliga qaraganda ancha qulay va oddiy ko‘rinishga ega, deb xabar berdi “MobInfo.uz”.

LG Q8 smartfoni metall korpus hamda chang va suvdan himoya qiluvchi IP67 standarti bilan jihozlangan. Smartfon bir metr chuqurlikdagi suvda yarim soatga qadar turib bera oladi. Shuningdek, unga 5,2 dyuymli IPS-displeyi, 16+8 megapikselli ikkitalik asosiy kamera va 5 megapikselli frontal kamera o‘rnatilgan.

Qurilma asosini Qualcomm Snapdragon 820 protsessori tashkil etadi. Tezkor xotirasi 4 gigabaytga, ichki xotirasi esa 32 gigabaytga teng. Bundan tashqari 2 terabaytgacha microSD flesh-xotirasini ko‘tara oladi. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soatni tashkil etadi. Operatsion tizimi Android 7.0 Nougat.

Poytaxt savdo rastalarida LG Q8 smartfoni 2 million so‘mdan sotilmoqda.

Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют