» » Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi aprel oyida qayta tiklanadi

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi aprel oyida qayta tiklanadi


Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi aprel oyida tiklanadi. Bu haqda Asian Express Terminal transport kompaniyasi rahbari Sulton Kamolov 22-mart kuni ma’lum qildi, deb xabar berdi “Telegraf.uz”.

Uning so‘zlariga qaraganda, avtobuslar Dushanbedan Denov va Termizga, Panjikentdan Samarqandga va Xo‘janddan Toshkent hamda Farg‘onaga qatnaydi. Biroq hozircha tojik va o‘zbek transportchilari shaharlararo avtobuslarning yo‘lkira narxi borasida kelishib olmagan.

“Biz yo‘l kira narxlari bo‘yicha kelishib olishimiz kerak, chunki bu yo‘nalishlarda o‘zbek kompaniyasi ham yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Yaqin oralarda kompaniyamiz delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyuradi, biz o‘zbek hamkasblarimiz bilan shaharlararo avtobuslarning yo‘lkira narxi yuzasidan yakuniy kelishuvga erishishimizga umid qilaman”, — deydi Sulton Kamolov.

Sulton Kamolov, shuningdek, Asian Express Terminal kompaniyasi Toshkent bilan “O‘zavtosanoat” tomonidan ishlab chiqarilgan 200 ta avtobus sotib olish borasida shartnoma imzolaganini ham ta’kidlab o‘tdi. “Tez orada avtobuslar kolonnasi Dushanbega keladi”, — deya ta’kidladi Asian Express Terminal rahbari.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi hamda muntazam samolyot parvozi 1992-yilda, Tojikistonda fuqorolar urushi boshlanganida to‘xtab qolgan. 25 yillik tanaffusdan so‘ng, o‘tgan yilning aprel oyidan boshlab Dushanbe va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi tiklangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют