WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Avstraliyada 130 dan ortiq delfin o‘zini qirg‘oqqa otib, halok bo‘ldi
Avstraliyada 130 dan ortiq delfin o‘zini qirg‘oqqa otib, halok bo‘ldi
Avstraliyaning janubi-g‘arbiy sohilidagi Xemelin ko‘rfazida 130 dan ortiq qora delfin o‘zini qirg‘oqqa otib, halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.
150 ga yaqin hayvon quruqlikka chiqib qolgan, hozirgi paytda ulardan 15 ga yaqini tirik. Delfinlar sayozlikda bo‘lib, tabiatni qo‘riqlash xodimlari suvning ko‘tarilishi bilan ular chuqurroqqa ketishi mumkinligiga umid qilmoqda.
Halok bo‘lgan delfinlar o‘limi sababini aniqlash uchun ulardan tahlillar olinadi. Yon-atrofdagi plyajlar tashrif uchun yopilgan. Mahalliy aholi akulalar hujumi tahdididan ogohlantirildi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?