» » Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondi o‘tkazgan insholar tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi

Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondi o‘tkazgan insholar tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi


Islom Karimov nomidagi fondning vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida 22-yanvardan 22-fevralga qadar o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi.

I o‘rinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining V-bosqich talabasi Otabek Akromov qo‘lga kiritdi. U 7 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, fond logotipi tushirilgan Apple MacBook Air 13 8/256 GB noutbuki sovrindori bo‘ldi.

II o‘rinni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining V-bosqich talabasi Malika Shorustamova egallab, 6 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, fond logotipi tushirilgan Apple iRad Pro 10.5 4G 256GB plansheti sohibi bo‘ldi.

III o‘rin Toshkent davlat yuridik universitetining IV-bosqich talabasi Nurbek Toshkanovga berilib, u 5 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, fond logotipi tushirilgan iPhone 8 64 GB smartfoni egasiga aylandi.

Shuningdek, ijodiy ishlari yuqori ball to‘plagan quyidagi 7 nafar ishtirokchiga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar, ya’ni fond logotipi tushirilgan Kindle bukriderlari taqdim etiladi:

1. Xadyatullayev Abbosbek – Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti III-bosqich talabasi.

2. Rayxona Temirova – Buxoro davlat universiteti II-bosqich talabasi.

3. Sardor Nazirov – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti I bosqich talabasi.

4. Aziza Saidxasilova– Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti I bosqich talabasi.

5. Yekaterina Kurtova – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, III bosqich talabasi.

6. Lutfillo Abduxamidov – Farg‘ona politexnika instituti III bosqich talabasi.

7. Charosxon Nizomiddinova – O‘zbekiston milliy universiteti II bosqich talabasi.

G‘oliblarni taqdirlash tantanali marosimi 3-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda respublikadagi 74 ta oliy o‘quv yurtining 485 nafar talabasi ishtirok etdi. Tanlovga taqdim etilgan insholar o‘z sohasida katta tajribaga ega atoqli tarixchi, siyosatshunos, va filolog olimlardan tashkil topgan maxsus komissiya tomonidan tahlil etilib baholandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют