» » Alisher Usmonov Forbes’ning eng ko‘p daromad olgan rossiyalik milliarderlar reytingida o‘ninchi o‘rinni egalladi

Alisher Usmonov Forbes’ning eng ko‘p daromad olgan rossiyalik milliarderlar reytingida o‘ninchi o‘rinni egalladi


Kirill Shamalov, Aleksey Mordashov va Vladimir Lisin Forbes nashrining eng ko‘p daromad olgan 10 nafar rossiyalik milliarder reytingida yetakchi uchlikka kirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Ular dividendlar va aksiyalar sotish hisobiga katta summaga ega bo‘ldi. Jumladan, Shamalov 2,3 milliard, Mordashov 1,56 milliard, Lisin 1,23 milliard dollar ishlab oldi.

Reytingdagi keyingi o‘rinlarni Suleymon Kerimov (980 million dollar), Mixail Proxorov (870 million), Dmitriy Ribolovlev (860 million), Oleg Deripaska (760 million), Viktor Rashnikov (760 million), Vagit Alekperov (750 million) egalladi.

O‘nlikni Alisher Usmonov yakunlab berdi. U “Metalloinvest” va “Megafon” dividendlari hisobiga 660 million dollarga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Forbes rossiyalik milliarderlarning 2017-yil 18-fevralidan 2018-yil 9-fevraligacha bo‘lgan daromadlarini baholadi. Bunda sotilgan aktivlar (shaxsiy mulkdan tashqari) va olingan dividendlar qiymati hisobga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют