» » 17 yil Koreyada yashagan Ozbekiston fuqarosi diniy oqimlarga mansublik royxatidan chiqarildi

17 yil Koreyada yashagan Ozbekiston fuqarosi diniy oqimlarga mansublik royxatidan chiqarildi


Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi Azamjon Toshmatov (ismi-sharifi ozgartirilgan) Koreya respublikasiga 2000-yillarda oqishga borib, bu yerdagi oliy oquv yurtida tahsil olish jarayonida diniy ekstremistik oqim azolari bilan bilib-bilmay muloqotga kirishib qoladi, deb xabar beradi OzA.

Azamjon Toshmatov hayotidagi bu ozgarishlar Ozbekistondagi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan organilib, unga jinoiy qidiruv elon qilinadi.

Bundan xabar topgan Azamjon ozi bilan bogliq barcha materiallarni Ozbekiston tomoniga taqdim etadi. Ammo, tayinli javob ololmagach, Ozbekistonga qaytmaslikni yagona chora sifatida qabul qiladi va Koreyada mehnatini davom ettiradi.

Fuqaro 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyeyovning diniy etiqod va huquqlar borasidagi siyosatidan xabar topib, portalga xat bilan murojaat qiladi. Shundan keyin uni qiynaydigan muammo atroflicha korib chiqildi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, iqtisod fanlari doktori bolgan yigit nafaqat diniy oqimlarga mansublik royxatidan chiqarildi, balki undan mamlakat taraqqiyoti uchun hissa qoshish borasida taklif va mulohazalar bilan ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

Ochigi, ozga yurtlarda sarson-sargardonlikdan ortiq azob-iztirob bolmasa kerak. Ikki nafar farzandim Koreyada tugildi. Prezident xorijdagi yoshlar ham Ozbekiston taraqqiyoti uchun oz ilmi, bilimi va tajribasi bilan xizmat qilsa, barcha sharoitlarni muhayyo qilaman degan murojaati qalbimga katta ot yoqdi. Vatanimga qaytgach, tergov jarayonlarida barcha narsaga oydinlik kiritildi. Hozir poytaxtdagi eng nufuzli oliygohda mehnat qilayapman. Shu bilan birga investitsiyalar boyicha davlat dasturlari loyihalariga jalb qilinganman. Talim sohasini takomillashtirish boyicha ham loyiha tayyorlayapman. Olib borilayotgan barcha islohotlarni nafaqat qollab-quvvatlayman, balki sidqidildan hissa qoshayotganimdan mamnunman, deydi A.Toshmatov.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-03-2018, 18:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 2) ( 3)
:
-
:
20 ... -