» » Farg‘onada eshak go‘shti mojarosi, fohishaxonaga borganlik uchun jarima, Sergelidan ko‘chadigan mashina bozori va kunning boshqa muhim xabarlari

Farg‘onada eshak go‘shti mojarosi, fohishaxonaga borganlik uchun jarima, Sergelidan ko‘chadigan mashina bozori va kunning boshqa muhim xabarlari


23-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Fohishaxonalarga borganlarni ham jarimaga tortish loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda fohishalargina jarimaga tortiladi, ularning mijozlariga jarima ko‘zda tutilmagan.

2. AQSh Suriyadagi o‘zbek jangarilar guruhini qora ro‘yxatga kiritdi. Jangarilar guruhi Suriya shimoli-g‘arbida “Jabhat an-Nusra” bilan birgalikda janglarda qatnashgan.

3. “O‘zbekiston 24” telekanalida Farg‘onadagi oshxonalarga eshak go‘shti tarqatilgani haqida ko‘rsatuv namoyish etildi. Avvalroq Toshkent va Samarqandda shunday mojarolar yuzaga chiqqandi.

4. O‘zbekiston va Rossiya reyslarni ko‘paytirish haqida kelishib ololmadi. Xabar berishlaricha, Rossiya tomoni reyslarni sezilarli oshirmoqchi, biroq O‘zbekiston tomoni ko‘nmayapti.

5. Sergeli mashina bozori Chinozga ko‘chadimi? Bu masala bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati bayonot berdi.

6. Milliy TV Ramazon oyida “Umar ibn Xattob” serialini efirga uzatadi. Mazkur serial 2012-yilda qatarlik kinematograflar tomonidan Saudiya Arabistoni va Marokashda suratga olingan bo‘lib, 30 qismdan iborat.

7. Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Senegalga qarshi maydonga tushadi. Sport-TV o‘yinni jonli translyatsiya qiladi. O‘yin 21:30 da boshlanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют