» » Kuvaytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turistik salohiyati targ‘ib qilinadi

Kuvaytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turistik salohiyati targ‘ib qilinadi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida soha ravnaqiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqsad bu yerda zamonaviy turizm tizimini yo‘lga qo‘yib, yurtimiz va xorijlik sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatishdir. 2018–2019-yillarda ko‘zda tutilgan 42 loyiha aynan shunday maqsadlarga qaratilgan, deb yozadi O‘zA.

“Ayni paytda Qoraqalpog‘istonda 34 turistik tashkilot faoliyat yuritmoqda, — deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Qusekeyev. — Bu esa hududimizning sayyohlik imkoniyatlaridan dalolat beradi. Hozirgi kunda sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga monand yana bir loyihani rejalashtirganmiz. Bu Kuvaytning mahalliy televideniyelarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining turistik salohiyatini faol targ‘ib qilishdir. Bu loyiha amalga oshirilsa, hududimizga keluvchi xorijlik sayyohlarning soni yanada ko‘payadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют