» » Olimlar Atakama cho‘lidan topilgan jajji “o‘zga sayyoralik” DNKsini rasshifrovka qildi

Olimlar Atakama cho‘lidan topilgan jajji “o‘zga sayyoralik” DNKsini rasshifrovka qildi


2003-yilda Atakama cho‘lidan topilgan boshi cho‘zinchoq 15 santimetrlik mashhur “o‘zga sayyoralik” aslida skelet o‘sishini boshqaruvchi genlar ishida jiddiy buzilishlar mavjud bola bo‘lgan. Bu haqda Genome Research jurnalida chop etilgan maqolada so‘z yuritilgan, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Endi u o‘zga sayyoralik emas, muddatidan avval yoki muddatidan ancha keyin dunyoga kelgan va shu zahoti vafot etgan bola bo‘lganligini aniq aytishimiz mumkin. Uning jasadini Chiliga qaytarib, mahalliy xalqlar an’analariga muvofiq dafn etish lozim deb o‘ylayman”, — dedi Stenford universiteti genetigi Garri Nolan.

Atakama cho‘lining tashlandiq qishlog‘idan topilgan Ataning jasadi qoldiqlari ilmiy hamjamiyat tomonidan 15 yilga yaqin vaqt davomida har tomonlama o‘rganib kelindi. Olimning so‘zlariga qaraganda, Ata nafaqat tashqi tomondan, balki ichki tomondan ham o‘zga sayyoralikka o‘xshagan. Uning bo‘yi atigi 15 santimetr bo‘lganligiga qaramasdan, suyaklari sakkiz yoshli bolaniki kabi ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, u faqat 10 juft qovurg‘aga ega edi.

Biroq 2013-yilda Nolan va uning hamkasblari Ata DNKsini rasshifrovka qildi va bu qoldiqlar yaqinda vafot etgan odamga tegishli ekanligini aniqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют