» » O‘zbekistonda yangi IT-telekanal ishga tushadi

O‘zbekistonda yangi IT-telekanal ishga tushadi


O‘zbekistonda yangi internet telekanal ishga tushadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.

Telekanal axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar mavzusiga yo‘naltiriladi.

Vazirlik va “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali yangi tashkil etilayotgan internet telekanalda ishlash uchun boshlovchi va jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi.

“Biz yorqin iste’dodlarni qidirmoqdamiz. Jurnalistik faoliyat bo‘yicha tajribangiz bo‘lsa, yanada yaxshi! Asosiy talablar: o‘zbek, rus va ingliz tilini bilish, matn yozish mahorati, chiroyli tashqi qiyofa (boshlovchilar uchun), ravon nutq, kirishimlilik va savodxonlik”, — deyiladi e’londa.

Shuningdek, texnik xodimlar teletasvirchilar, montaj ustalari, grafika ustalari, chiroqchi-texniklar, ovoz operatori uchun ham tanlov ketmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют