» » O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab plastik kartadagi xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab plastik kartadagi xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mumkin bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida avvalroq xabar berilgandi. Qarorda keltirilishicha, O‘zbekistonda 1-apreldan xalqaro to‘lov kartalaridagi xorij valyutasini naqd shaklda yechib olish mumkin bo‘ladi.

Qarorga ko‘ra, Markaziy bankka 2018-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etish vazifasi topshirildi.

Bundan tashqari, xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larini xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o‘tkazishni ta’minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etilishi lozim. Bu onlayn rejimda so‘mni boshqa xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish imkonini beradi.

1-noyabrga qadar esa turistlar ko‘proq boradigan joylarda kun-u tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют