» » Ispaniya Oliy sudi Puchdemonni hibsga olish bo‘yicha Yevropa orderini berdi

Ispaniya Oliy sudi Puchdemonni hibsga olish bo‘yicha Yevropa orderini berdi


Ispaniya Oliy sudi mamlakatdan qochib ketgan besh nafar katalon siyosatchilarini, jumladan, Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonni hibsga olish bo‘yicha Yevropa orderini berdi. Bu haqda El Pais nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Orderlar nafaqat Puchdemonni, balki Belgiya va Shotlandiyadagi siyosatchilarni ham hibsga olish bo‘yicha berilgan.

Shuningdek, sudya Shveysariyaga qochib ketgan Kataloniya so‘l respublikachilar partiyasining bosh kotibi Marta Rovirani qo‘lga olish bo‘yicha xalqaro orderni taqdim etdi.

Bundan tashqari sudya Kataloniyadagi referendum ishiga aloqador bo‘lgan besh nafar siyosatchining mamlakatdan qochib ketish xavfi borligi sabab, ularni hibsga olish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Estalib o‘tamiz, 2017-yilning oktabri oxirida Kataloniyada mustaqillik referendumi o‘tkazilgan edi, ammo Ispaniya hukumati va Yevropa komissiyasi uni noqonuniy deb topgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют