» » LG TwinWash: Kiyimlaringizni ehtiyotkorona avaylaydi

LG TwinWash: Kiyimlaringizni ehtiyotkorona avaylaydi


Zamonaviy innovatsion texnologiyalar tobora ko‘proq ayollarning qiziqishlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilmoqda. LG yana bir bor aziz ayollarning og‘irini yengil qiluvchi rang-barang mahsulotlarni taqdim etish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Deyarli har bir ayol karyera, ish, oila va shaxs sifatida rivojlanish o‘rtasida muvozanat saqlashni istaydi. Ko‘pchilik buni erishib bo‘lmaydigan orzu deb hisoblaydi. Shunga qaramay, yangi avlod texnologiyalari aksariyat ayollarga har bir rolda o‘zini namoyon qilish uchun imkon yaratishga va shu bilan birga hatto bo‘sh vaqt qoldirishga yo‘naltirilgan. LG Electronics kompaniyasining navbatdagi progressiv ishlanmasi — ikki barabanli TwinWash kir yuvish mashinasi. TwinWash – betakror dizayn va yuqori mehnat samaradorligi.

TwinWash – ikki baraban

Agar siz ko‘p va tez-tez kir yuvishingizga to‘g‘ri kelsa, ikki baraban funksiyasi bilan bu jarayonni bir necha baravarga qisqartirasiz. Endi siz turli barabanlarni qo‘llab, ustki kiyimlar va nafis ichkiyimlarni bir vaqtning o‘zida yuvishingiz mumkin bo‘ladi. Frontal yuklovli asosiy baraban 17 kilogrammgacha kirni sig‘dira oladi, vertikal yuklovli qo‘shimcha baraban esa 3,5 kilogrammga mo‘ljallangan. Siz nafaqat vaqt, balki suv va elektr energiyasini ham tejashga erishasiz. Har bir baraban o‘z boshqaruv paneliga va alohida kir yuvish dasturiga ega. Shunday ekan, ular bir-biridan mustaqil ravishda ishlayveradi.

TrueSteam – bug‘ kuchi

TrueSteam funksiyasi – bu kiyimlaringizni ehtiyotkorlik bilan yuvish va chekchiz g‘amxo‘rlik qilishdir. Baraban ichidagi bug‘ sabab doimiy harorat ushlab turiladi va har qanday turdagi kirlar va allergenlardan xalos etadi. Siz kiyimlaringizga yangi ko‘rinish berishingiz, yoqimsiz hidlardan xalos etishingiz, mayda burmalarni yuvish vositalarisiz osongina silliqlashingiz mumkin.

Faqatgina yigirma daqiqa va sizning kiyimlaringiz toza hamda dazmollangandek. Aqlli va yorqin boshqaruv paneli kiyimlaringizni avaylash jarayonini yanada osonlashtiradi.

LG Electronics kompaniyasi doim o‘z xaridorlarining turmushini yengillashtirishga harakat qiladi, shuning uchun ushbu bahor mavsumida maishiy texnika xaridiga aksiyalar ketmoqda: LG texnikasini xarid qiling, sotuvchidan aksiya ishtirokchisi kartochkasini oling va yoqimli sovg‘alarni qo‘lga kiriting. Aksiya davomida siz sochiqlar, idish-tovoqlar, sertifikatlar egasiga aylanishingiz, shu bilan birga, sotib olingan maishiy texnikani premial texnikaga almashtirish imkonini qo‘lga kiritishingiz mumkin. Aksiya shartlari bilan LG’ning saytida batafsil tanishish mumkin.

LG kompaniyasi motor uchun 10 yil kafolat beradi. LG Electronics kompaniyasi texnikasiga servis xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha LG xaridorlari Servisni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: 0?800 120?22?22. O‘zbekiston fuqarolari uchun bu raqamga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish bepul. Muhim jihat: raqamlarni to‘liq terish kerak.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют