» » Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi yangicha formatda o‘tkaziladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi yangicha formatda o‘tkaziladi


O‘zbekiston Kubogi bellashuvlari yangi formatda o‘tadi. Unda mamlakat Superligasining 12 ta hamda Pro-liganing 18 ta jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi, deb xabar berildi PFL rasmiy saytida.

Avvaldan belgilab qo‘yilganligi tufayli “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarining musobaqaga 1/8 final bosqichidan qo‘shilishi o‘z kuchini saqlab qoldi. Biroq endi ular o‘zlarining bo‘lajak raqiblari haqida ma’lumotga ega bo‘lmaydi.

Joriy yildan e’tiboran “Nurafshon-S”, “Iftixor”, “Sherdor” hamda “Labsa” klublari Pro-ligada ishtirok etadi. Kubok bellashuvlarini aynan shu to‘rt klub boshlab beradi. 1/32 final bosqichida ularga qulaylik yaratish maqsadida bir-biriga nisbatan yaqinroq bo‘lgan “Sherdor” hamda “Labsa” jamoalari o‘zaro o‘ynashi, ikkinchi juftlikni esa “Nurafshon-S” hamda “Iftixor” tashkil qilishi belgilab qo‘yildi. Bir o‘yindan iborat pley-off g‘olibi ikkinchi saralash bosqichiga yo‘l oladi.

Kubokning yangi formatiga ko‘ra, yarim finalga qadar barcha uchrashuvlar faqatgina bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi va unda mezbon jamoa nomini qur’a aniqlab beradi. Pro-liga klubining futbol maydoni talabga javob bermasa, u o‘z viloyatidagi asosiy maydonda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.

Ikkinchi saralash bosqichida yuqoridagi ikki juftlik g‘olibi hamda Superliganing 8 ta, Pro-liganing 14 ta jamoasi — jami 24 ta klub ishtirok etadi. Bunda jamoalar hech qanday savatga ajratilmaydi. Savatchadan birinchi tortilgan jamoa mezbon maqomini qo‘lga kiritsa, keyingisi uning raqibiga aylanadi.

Mana shu 12 ta juftlik g‘olibi 1/8 finalga yo‘llanma oladi hamda yuqoridagi kvartetga qo‘shiladi. Qur’a bu bosqichda ham istalgan klubni bir-biriga raqib qilishi mumkin. PFL hamda “Sport” telekanali o‘zaro kelishib, qur’a shaffof o‘tishi uchun 1/8 finaldan boshlab jarayonni jonli namoyish etishga harakat qiladi.

Bunga qadar O‘zbekiston Kubogida tabaqalanish mavjud bo‘lib, jamoalar finalgacha duch kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy raqiblari haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. Endilikda esa hech bir klubda bunday imkoniyat bo‘lmaydi. Yarim final bellashuvlarigina uy-safar tizimida o‘tadi.

PFL Pro-liganing o‘zgartirilgan formatiga qur’a tashlash marosimini 27-mart — seshanba kuni o‘tkazadi. O‘zbekiston Kubogining 1/16 finaliga ham shu kuni qur’a tashlanadi. Shuningdek, birinchi saralash bosqichi bellashuvlari qachon va qayerda o‘tishiga oydinlik kiritiladi.

Yangi format o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yayotgan bir qator klublarga g‘olib bo‘lish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. O‘yinlarda shiddat bo‘lishi va barcha klublar Kubok bellashuvlariga jiddiy e’tibor qaratishi uchun ham shu yo‘ldan yurildi. Qayd etish kerak, O‘zbekiston Kubogida g‘olib chiqqan jamoa Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют