» » AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter KXDR bilan muzokaralarda Trampga yordam bermoqchiligini bildirdi

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter KXDR bilan muzokaralarda Trampga yordam bermoqchiligini bildirdi


AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter CBS telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Koreya bilan bo‘lajak muzokaralarda Amerikaning amaldagi yetakchisi Donald Trampga yordam berish istagida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Men KXDR rasmiylari nima xohlayotgani va nimaga muhtoj ekanini anglab turibman. Hatto shu hafta ham Oq uy vakili oldimga kelib, KXDR bilan munosabatlarga doir so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etib ketdi”, — dedi Karter.

Uning qayd etishicha, o‘z siyosiy faoliyati davomida Shimoliy Koreya rahbariyati bilan 20 soatdan ko‘proq muloqot qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarlar 9-mart kuni paydo bo‘lgan edi. Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi tarixdagi ilk uchrashuv may oyi oxiriga qadar Stokgolmda o‘tkazilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют