» » O‘zbekiston olimlari uchun xalqaro ta’lim resurslariga yo‘l ochildi

O‘zbekiston olimlari uchun xalqaro ta’lim resurslariga yo‘l ochildi


23-mart kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun Milliy bitimni tantanali imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Tadbirda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov, “Elsevier” xalqaro kompaniyasi vitse-prezidenti Feliks Xayest va kompaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Jahon banki mutasaddilari, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

“Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda ilmiy salohiyatni, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.

“Elsevier” kompaniyasi “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturida O‘zbekiston ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, olimlarning dunyo ilmiy reytingidagi o‘rnini ko‘tarish, respublika ilmiy jurnallarini Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan ilmiy nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют