» » BMT: 2100-yilga qadar Afrikadagi jonivorlarning yarmi qirilib ketadi

BMT: 2100-yilga qadar Afrikadagi jonivorlarning yarmi qirilib ketadi


BMT ekspertlari e’lon qilgan yangi hisobotda aytilishicha, jahondagi bioxilma-xillik 2050-yilga kelib sezilarli darajada qisqaradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Hisobotda Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Markaziy Osiyo hamda Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat va bu yerlardagi ekotizimlarga tahdidlar bayon etiladi.

Janubi-Sharqiy Osiyoda 2050-yilga kelib korallarning 90 foizi yo‘q bo‘lib ketadi. Global isish sur’atining qisqarishi ham yordam bermaydi. Agar baliqchilik miqyosi hozirgi darajada qolsa, 2048-yilga kelib baliq resurslari qolmaydi.

2100-yilga qadar Afrikadagi jonivorlar va qushlarning yarmi qirilib ketadi. Afrikadagi ko‘llarning qurishi o‘simliklar adadining ham qisqarishiga olib keladi.

Amerikada esa bioxilma-xillik allaqachon 35 foizga qisqargan. 2050-yilga kelib bu raqam 40 foizga yetadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют