» » Chirchiqda Technoshop do‘koni oynasini sindirgan bezorilar qo‘lga olindi

Chirchiqda Technoshop do‘koni oynasini sindirgan bezorilar qo‘lga olindi


2018-yilning 13 mart kuni soat taxminan 2:30da Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi Bobur shohko‘chasida joylashgan Technoshop do‘koni oynasi noma’lum shaxslar tomonidan sindirib ketildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Aynan shu kunning o‘zida ushbu joy ish yurituvchisi Behruz Yo‘ldoshev do‘konga o‘rnatilgan signalizatsiya ishlab ketgani borasida qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ogohlantirilgan.

Behruz Yo‘ldoshev voqea joyiga yetib kelganida qo‘riqlash xizmati xodimlari ham shu yerda ekanligining guvohi bo‘ladi. Do‘konning oynalari sindirib ketilgan, lekin uning ichidan hech narsa o‘g‘irlanmagani aniqlanadi.

Shundan so‘ng bu binoda o‘rnatilgan videokuzatuvlar orqali oynalarni kim sindirgani holati sinchiklab kuzatiladi va ikki fuqaro oynalarni sindirgani qayd etiladi. Ular bosh kiyimi kiyib olganligi sababli shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmaydi.

Shundan so‘ng bosh ofis direktori o‘rinbosari Yoqubjon Qosimov 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bu ish yuzasidan IIBni ogohlantiradi va voqea joyiga IIB xodimlari yetib kelib, o‘rganish ishlarini olib boradi.

Behro‘z Yo‘ldoshev hamda Shahzod Komilov bu joyni tartibga keltiriayotgan vaqtda, ya’ni 14-mart kuni noma’lum ikki fuqaro shu do‘konga kelgani va ular videokuzatuvdagi oynani sindirgan shaxslarga, ularnin kiyib olgan liboslari ham aynan ularnikiga o‘xshash ekanligini payqab qoladi.

Behruz Yo‘ldoshev bu voqea yuzasidan IIB xodimlariga xabar beradi va o‘z taxminlarini ilgari suradi.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida oynani sindirgan shaxslar aynan ular ekanliklari aniqlandi. 20 yoshli bu ikki fuqaro o‘z ayblariga iqror bo‘ldi.

Shuningdek, bu ikki yigit shu kunning o‘zida Cobalt va Nexia rusumli avtomashinalarning ham oynalarini sindirib, ularning ichidan haydovchilarga tegishli buyumlarni o‘g‘irlagani aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют