» » Kemerovoning “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in qurbonlari soni 37 kishiga yetdi (video)

Kemerovoning “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in qurbonlari soni 37 kishiga yetdi (video)


Kemerovoning “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in qurbonlari soni 37 kishiga yetdi. Bu haqda Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari Vladlen Aksenov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Yong‘inda jami 84 kishi jabrlandi, ulardan 37 nafari, afsuski, halok bo‘ldi. Qolganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 64 kishi bedarak yo‘qolgan. Alanga tinmayotgan binoning qolgan qismlari qulashi xavfi bor”, — dedi Aksenov.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning 9, bedarak yo‘qolganlarning 41 nafari bolalar.

Nafaqat odamlar, balki jonivorlar ham ofat qurboni bo‘ldi: savdo markazining uchinchi qavatidagi kichik hayvonot bog‘ida 200 ga yaqin jonivor saqlangan.

Savdo markazidan 120 kishi qutqarilgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют